Baxtiyor Ashurmatov: "Jamoamizning salohiyati kuchli oltilikka kirishga etadi"

  • 12 mart, 2023, 22:06
  • 4
  • Futbol

Superliganig 2-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Turon" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 2:1 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakun topdi.

 Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Jangovar o‘yin bo‘ldi. Afsuski, jarohatlar sabab o‘zimiz istagan vaqtda o‘zgarishlarni amalga oshira olmadik. Futbolda kichik faktorlar ham katta ahamiyatga ega. Uchrashuv oxirida yakkakurashda imkoniyatni boy berdik va e’tiborsizlik natijasida to‘p gol o‘tkazib yubordik. To‘g‘ri, ikki bahsda ikki bor mag‘lub bo‘ldik, ammo o‘ylashimcha, futbolchilar shunday kurashishda davom etsa, kerakli natijani albatta qo‘lga kiritamiz.

“Nasaf” o‘z o‘yini bilan bizni ko‘p harakat qilishga majbur qildi. Ko‘p vaqt to‘psiz qoldik va shu sabab jismonan tez charchadik. Bellashuv so‘nggida 5 himoyachi bilan o‘ynamoqchi edik. Quvondiq Ro‘ziev jarohat oldi, uni o‘zgartira olmadik. Boisi, zaxira almashtirishlaridan foydalanib bo‘lgan edik. Bu ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Futbolchilar to‘p nazoratini o‘zlarida saqlab turishganida, bahs yakunida darvozamiz oldida bosim yuzaga kelmagan bo‘lardi. Shunday bo‘lsada, yigitlar bugun mag‘lubiyatga munosib emas edilar. Lekin bu futbol. Daqiqalar, soniyalar ham ko‘p narsani hal qiladi.

Ro‘ziqul Berdiev mamlakatimizdagi eng kuchli mutaxassislardan biri sanaladi. Qarshiliklarning tarkibi deyarli o‘zgarmadi va jamoaviy o‘yini yaxshi shakllangan. Bizga esa biroz vaqt kerak. Jamoamizning salohiyati kuchli oltilikka kirishga etadi”, – dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dolche& Gabana
12/03/2023 22:22
Бахтиер агар шу комментни укиб косен узинам халк билиб булибди кимлигимни дерсан сан кут одамсан!!! Мард булиб футбол уйнатгин или женский футболга олиб кет командени ебан. Гулбахор андижанка севинч сагдиана вумен кутини йиртиб ташеди сани командени. Уялгине бунака анти футбол уйнашдан уткан йилги олдинги туронга уят бу сани анти футболин. Поляни больница кивордин калленга с......й черт
&
Mirjalol Ruzinazarov
12/03/2023 23:42
Baxtiyor Ashurmatov sizni futbolchilik faoliyatingiza hurmatim baland edi. Lekin murabbiylik faoliyatingiz yo raqib jamoa uyinchilarini oyoqini sindirish yoki yotib olib vaqtni chuzish. Aka erkakga uxshab futbol uynating mana Nasafdan urganing biror marta chempion bulmagan lekin, butun Uzbekistan buyicha muxlislari topiladi, chunki yutqizsa ham mardlarcha oxirigacha jang qiladi. Shuning uchun yutqizsa ham muxlislari qarsaklar bn kuzaradi. Darvozabonizni uzi 30 daqiqa vaqtni oldi yo yotib oladi yoki tupni uyinga kiritishga vaqt chuzadi. Davronov man ham Muborakdan man lekin sanday surbet furbolchi bilan bitta joydan ekanlagimdan nafratlanaman. Minglab muxlislari futbol kuramiz deb stadionga tushadi axmoq sani yotib vaqtni utkazishingni kurish un emas. Muborakga uyinga kelsang bundan sung ishton kiyib kel ayol.
&
ibroximmm
12/03/2023 23:00
Узбек футболига бунака шармандали уйин керекмас ундан кура про лигага мардларча тушганинг яхши Эди
&
ibroximmm
12/03/2023 22:55
Арабский игра дердик уят бунака уйнаш галаба козонишни бошка йули йукмикан пазор