"Bayer" "Jirona" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Ushbu mavsum hali mag‘lubiyatga uchramagan "Bayer" yozgi transferlar oynasida bitta yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. 

Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, "Jirona" a’zosi Alesh Garsiya leverkuzenliklar radariga tushgan, lekin hali rasmiy taklif bilan chiqilmadi. Uni "Barselona" ham qishda o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgandi. 

Garsiya "Manchester Siti" akademiyasidan chiqqan bo‘lib, 2021 yilda erkin agent sifatida kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shilgan. Shundan keyin u jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylanib oldi va mazkur mavsum klub tarkibida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta golda ishtirok etdi. Qayd etish joiz, Alesh Ispaniya terma jamoasidan ham chaqiruv olishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli xavbekning "Jirona" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!