Belgiya terma jamoasini JCh guruh bosqichlarida to‘xtatib bo‘lmayapti

  • 24 noyabr, 2022, 16:29
  • 0
  • Futbol

Belgiya terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatini guruh bosqichining 1-turida Kanadani mag‘lub etdi (1:0).

Buning evaziga "qizil iblislar" mundialning guruh bosqichidagi g‘alabali seriyasini 8 ta o‘yinga etkazdi - Belgiya 2002 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichda Rossiya ustidan g‘alaba qozongan edi (2:1). Ular shundan keyin 2014 yilgi Jahon chempionatida guruh bosqichida Jazoir (2:1), Rossiya (1:0) va Janubiy Koreya (1:0) ustidan ketma-ket g‘alaba qozonishdi. JCh-2018da ham bu seriya uzilmadi - Panama (3:0), Tunis (5:2) va Angliya (1:0). JCh-2022da esa Kanada ham mag‘lub etilib (1:0), bu seriya 8 ta o‘yinga etdi. 

Bungacha faqat Braziliya jahon chempionatining guruh bosqichida ketma-ket sakkizta o‘yinda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan – 1986-1994 va 2002-2010.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!