Benzema braziliyalik yulduzlarni “so‘ndirdi”

  • 8 mart, 2021, 20:00
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan “Atletiko” va “Real” uchrashuvida Karim Benzema tarixiy rekord sohibiga aylandi.

Madrid derbisidagi o‘yin frantsiyalik hujumchi uchun “Qirollik klubi” safida Ispaniya chempionatidagi 371-uchrashuv sifatida qayd etildi va u “Real” tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan xorijlik futbolchiga aylandi.

Avvalgi rekord mashhur himoyachi Roberto Karlosga tegishli edi. U madridliklar libosida 370 marotaba maydonga tushgan. Keyingi o‘rindan yana bir braziliyalik futbolchi Marselo o‘rin egallagan. Hamon faoliyatini shu jamoada davom ettirayotgan himoyachi jami 366 marta “Real” uchun to‘p tepgan.

Karim Benzemaning bundan keyingi har bir ishtiroki yangi rekord sifatida qayd etiladi.  Mohir hujumchi 2009 yildan buyon La Ligada 182 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!