Benzemaga Saudiya chempionatidan xaridor chiqdi, Karim Ronalduga raqobatchi bo‘ladi

  • 31 mart, 2023, 14:33
  • 0
  • Futbol

"Real" yulduzi Karim Benzema faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin.

"Transfermarkt" portali ma’lumotlariga qaraganda, "Al-Ittihod" klubi frantsiyalik hujumchini sotib olmoqchi. Jiddaliklar uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni niyat qilgan. Karimning transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.

"Ittihod" ayni paytda 50 ochko bilan Saudiya chempionati peshqadami hisoblanadi. Jamoa Ronaldu etakchiligidagi "An-Nasr"ni 1 ochkoga ortda qoldirmoqda. 

photo_2023-03-31_14-12-28

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!