Beyl Ronaldodan o‘tib ketdi

  • 23 yanvar, 2020, 23:53
  • 0
  • Futbol

Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichida "Real" yarim himoyachisi Garet Beyl "Unionistas" (3:1) ga qarshi uchrashuvda gol urishga erishdi.

Uelslik futbolchining Madrid safida barcha turnirlarda kiritgan gollari soni 105 taga etdi. Bu natijaga erishish uchun Beylga 246 ta bellashuv etarli bo‘ldi.

Yarim himoyachi "Real" tarkibida 177 ta bahs o‘tkazib, 104 ta gol urgan braziliyalik Ronaldoni ortda qoldirdi. Beyl 2013 yildan buyon "qaymoqranglilar" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu madridliklar tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Portugaliyalik 438 ta bahsda, 450 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!