Beyl Ronaldoga etib oldi

  • 2 sentabr, 2019, 10:05
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid vingeri Garet Beyl kecha La Liganing 3-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga (2:2) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda dubl qayd etdi.

Ushbu o‘yindan so‘ng uelslik futbolchining “qirollik klubi”da kiritgan gollari soni 104 taga etdi. E’tiborlisi, Beyl shu tariqa “Real” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldoga tenglashib oldi. Ular ayni damda 7-pog‘onani egallab turishibdi.

Faqatgina Gonsalo Iguain (121), Ugo Sanches (208), Karim Benzema (224), Ferents Pushkash (241), Alfredo Di Stefano (308) va Krishtianu Ronaldular (450) Beyldan ko‘proq gol urishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!