Bilasizmi? Ayni paytda “Metallurg” gol urish borasida Superligadagi eng yomon jamoa hisoblanadi

  • 18 avgust, 2022, 16:46
  • 1
  • Futbol

Bugun O‘zbekiston Superligasi 16-turi doirasidagi navbatdagi qiziqarli uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tadi.

Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida “Surxon” Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qiladi.

Ayni damda, Bekobod klubi Superliga-2022da eng kam gol urgan jamoa hisoblanadi. Luisma Ernandes shogirdlari 16 uchrashuvda atigi 8 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.

Eng ko‘p gol urgan klub esa “Nasaf” bo‘lib, qarshiliklar 27 ta gol urishni uddalagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдурахман Абдувалиев
18/08/2022 16:58
Дурангчи жамоа