Bilol Muhammad Maxachev muvaffaqiyatining sirini aytdi

  • 12 fevral, 10:08
  • 0
  • MMA

Engil vazn (70,3 kg) toifasidagi chempion Islom Maxachev (25-1) nima uchun vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi jangchilar reytingida birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lganini amerikalik UFC yarim o‘rta vazn (77,1 kg) chempionligiga da’vogar Bilol Muhammad (23-3-1NC) tushuntirdi.

“Bu yigitlar bilan mashg‘ulot o‘tkazish boshqa darajaga ega. Dog‘istonliklarning mentaliteti shunchaki boshqacha, bu ularni boshqa jangchilardan ajratib turadi. Menimcha, Maxachev shubhasiz, sayyoradagi eng yaxshi jangchi. U aralash yakkakurashning eng yirik vakillaridan biri sifatida tarixga kirishi mumkin. Faoliyatingiz davomida asosiy mashg‘ulot sherigingiz Habib Nurmagomedov bo‘lsa, nur ustiga nur bo‘ladi. Balki, shuning uchun ham bu yigitlar boshqalardan ancha kuchli”, – dedi Muhammad Company Media bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, Bilol Muhammad Habib Nurmagomedov jamoasi bilan birgalikda mashg‘ulotlar olib boradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!