Bir mamlakat jamoalari ishtirok etgan Chempionlar ligasi finallarini eslaysizmi?

  • 28 may, 2021, 13:46
  • 0
  • Futbol

Ertaga Portugaliyada UEFA Chempionlar ligasining 2020/21 yilgi mavsum final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bosh sovrin aniq Angliyaga yo‘l oladi. Chunki finalda APLning ikki grandi – “Chelsi” va “Manchester Siti” o‘zaro bahs olib boradi. Keling, Chempionlar ligasi tarixida bir mamlakat klublari ishtirok etgan finallarni yodga olib o‘tamiz.

Natsionalnyy konflikt. Kak v finale Ligi chempionov igrali komandy iz odnoy  strany - Eurosport

2000: «Real» - «Valensiya» 3:0

Birinchi marta bitta assotsiatsiya vakillari ishtirok etgan Chempionlar ligasi finali asrning boshida - 1999/2000 yilgi mavsumda sodir bo‘lgan. Buning ajablanarli joyi bo‘lmasligi kerak, chunki bungacha qit’aning eng nufuzli klublar turniri bo‘lgan Evropa Chempionlar kubogida, faqat mamlakat chempionlari va kubokning amaldagi g‘olibi qatnashgan.

2000 yil 24 mayda bo‘lib o‘tgan final bahsida "Real" "Valensiya"ga imkon qoldirmadi va raqibini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Birinchi bo‘limda Fernando Morentes hisobni ochdi, tanaffusdan so‘ng, Stiv Makmanaman va Raul raqib darvozasini ishg‘ol qildi. O‘sha kuni kechqurun "Stad de Frans"da "Valensiya" 19 yoshli Iker Kasilyas himoya qilgan "Real" darvozasiga bor yo‘g‘i bitta zarba berishga muvaffaq bo‘ldi, xolos.

Skchat final ligi chempinov milan yuventus 2003 - ⚽ Futbolnye novosti |  Italiya

2003: «Milan» - «Yuventus» 0:0 (3:2 pen.)

2002/03 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi finalida Italiyaning "Milan" va "Yuventus" klublari o‘zaro to‘qnashdi. A Seriya vakillari ishtirokidagi finalning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida g‘olib aniqlanmadi. 120 daqiqa davom etgan bahs taqdiriga penaltilar seriyasida oydinlik kiritildi. "Old Trafford"dagi o‘yinning eng esda qolarli vaziyati Filippo Indzagi tomonidan bosh bilan amalga oshirilgan zarba va Janluiji Buffonning mashhur seyvi bo‘lgan.

O‘sha oqshom penaltilar seriyasida omad “rossonerilar”ga kulib boqdi. Andrey Shevchenko tepgan penaltidan so‘ng, “Milan” o‘z tarixida 6-marta ushbu musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

2008, final Ligi chempionov: Manchester Yunayted - Chelsi - 1:1, pen. 6:5 -  Desporter

2008: «Manchester Yunayted» - «Chelsi» 1:1 (6:5 pen.)

2008 yilda Angliyaning ikki vakili - "Manchester Yunayted" va "Chelsi" Chempionlar ligasi kubogi uchun kurashdi. Ushbu o‘yin Moskvaning "Lujniki" stadionida kuchli yomg‘ir ostida bo‘lib o‘tdi. Krishtianu Ronalduning goliga londonliklar Frenk Lempardning aniq zarbasi bilan javob qaytarishdi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlar 1:1 hisobida durang bilan yakunlangach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi.

Penaltilar seriyasi dramatik kechdi. Jon Terri o‘zining birgina aniq zarbasi bilan g‘alabani "Chelsi"ga olib berishi mumkin edi, ammo sardor nam maydonda sirg‘alib ketdi va darvoza tomon berilgan zarba noaniq chiqdi. Seriya davom etdi va "Manchester Yunayted" g‘alabani nishonladi, chunki Edvin van der Sar Nikolya Anelkaning bergan zarbasini qaytardi. O‘yin tugagandan so‘ng, Terri ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.

Kak vyigrali ″Bavariya″ i ″Borussiya″, ili Ekonomika nemetskogo futbola |  Ekonomika v Germanii i mire: novosti i analitika | DW | 28.05.2013

2013: «Bavariya» - «Borussiya» D 2:1

Ispaniya, Italiya va Angliya klublariga havas qilgan Germaniya grandlari ham EChL finalida o‘ynadi. 2013 yilda Bundesliganing ikki vakili - "Bavariya" va "Borussiya Dortmund" Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi. "Uembli" stadionida kechgan final o‘yinining dastlabki bir soati davomida darvozalarga gol kiritilmadi. Biroq 60-daqiqada Mario Manjukich dortmundliklar darvozasini ishg‘ol qildi va “Bavariya”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Ilkay Gyundogan belgilangan penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

Bir qarashda o‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga qadar davom etadigandek ko‘rinardi, ammo 89-daqiqada "Bavariya" g‘alaba to‘pini kiritdi. Aren Robben jarima maydonchasi kirish qismida to‘pni oldi va himoyachilarni mohirona aldab o‘tib, darvozabon bilan birga-bir holatga chiqdi. Gollandiyalik iqtidor egasi vaziyatni to‘g‘ri baholay oldi va jamoasi uchun muhim bo‘lgan golni kiritdi.

Ramos: Posle gola v finale LCh-2014 mogu spokoyno umirat ᐉ UA-Futbol

2014: «Real» - «Atletiko» 4:1

2014 yil 24 may kuni Lissabonda bo‘lib o‘tgan "Real" va "Atletiko" o‘rtasidagi Chempionlar ligasi finali dramatik tarzda kechdi. "Matraschilar" birinchi bo‘lim tugashiga oz vaqt qolganida Diego Godinning goli evaziga hisobni ochishdi. Shundan so‘ng, Diego Simeone jamoasi qo‘lga kiritilgan ustunlikni kuchaytira boshladi va 1: 0 hisobini saqlab qolish umidida himoyaviy o‘yin ko‘rsatdi. "Atletiko" futbolchilari bu vazifani uddalashga juda yaqin edi, ammo hakam tomonidan qo‘shib berilgan oltinchi daqiqada "Real" himoyachisi Serxio Ramos raqib darvozasini ishg‘ol qildi va muvozanatni tikladi.

So‘nggi soniyalarda urilgan gol "Atletiko" uchun jiddiy zarba bo‘ldi. Qo‘shimcha daqiqalarda "Real" yuzaga kelgan psixologik ustunlikdan foydalanib, Garet Beylning kuchi bilan ikkinchi golni urdi. Keyinroq Marselo va Krishtianu Ronaldu ham "matraschilar"ni o‘z goli bilan ranjitdi. Yakuniy hisob – 4:1, “Real” foydasiga.

Liga chempionov-2016/17 stala samoy rezultativnoy v istorii - Liga chempionov

2016: «Real» - «Atletiko» 1:1 (5:3 pen.)

Ikki yildan so‘ng "Real" va "Atletiko" yana Chempionlar ligasi finalida o‘zaro to‘qnash keldi. Ular bu safar Milanda bahs yuritishdi. Serxio Ramos yana gol urdi, ammo endi so‘nggi soniyalarda emas, balki 15-daqiqada. Hisobni tenglashtirish uchun "matraschilar"ga bir soatdan biroz ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. O‘yinning 79-daqiqasida Yannik Karrasko gol urib, “Atletiko”ning joniga oro kirdi.

Xuddi ikki yil oldingi uchrashuvda bo‘lgani kabi "Real" hamshaharini qo‘shimcha daqiqalarda jazolaydigandek tuyulardi. Zinedin Zidan shogirdlari qo‘shimcha 30 daqiqa davomida raqibning 3 zarbasiga qarshi 11 ta zarba bilan javob berishdi Ammo Diego Simeone boshchiligidagi "Atletiko" bu safar qo‘shimcha bo‘limlarda engilmadi. Penaltilar seriyasida 5:3 hisobida “qirollik klubi”ning qo‘li baland keldi. “Atletiko” safida Xuanfran penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Final Ligi chempionov-2018/19 stanet vtorym sugubo angliyskim ⊕ Novosti  futbola na Footballhd.ru

2019: «Liverpul» - «Tottenxem» 2:0

2019 yilgi Chempionlar ligasi finalida Angliya klublari o‘zaro bahs olib bordi. Faqat bu safar "Liverpul" va "Tottenxem". "Shporlar" shu kuni o‘z tarixlarida birinchi marta EChL finalida ishtirok etishdi.

Arang guruhdan chiqqan "Tottenxem" 1/4 va 1/2 finallarda "Manchester Siti" va "Ayaks"ga qarshi nihoyatda dramatik uchrashuvlarni o‘tkazdi. Afsuski, "Tottenxem"ning mo‘jizaviy yurishlarini finalda "Liverpul" to‘xtatdi. Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida kechgan uchrashuv 2:0 hisobida mersisaydliklarning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni gollarga Muhammad Saloh va Divok Origi mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!