Bobir Abdixoliqov: "Uchrashuvni yaxshi boshladik"

  • 13 sentabr, 2023, 11:59
  • 1
  • Futbol

Meksika va O‘zbekiston o‘rtasida o‘rtoqlik bahsi bo‘lib o‘tdi va  3:3 hisobi bilan o‘z nihoyasiga etdi. 

Dastlab, 18-daqiqada Bobir Abdixoliqov boshi bilan gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Raul Ximenes imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Taym so‘nggida esa Azizbek Turg‘unboev vatandoshlarimizni olinga olib chiqdi. Ammo o‘yinning so‘nggi daqiqalarida meksikaliklar 2 ta gol urdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Otabek Shukurov super goli bilan jamoani qutqarib qoldi.

Uchrashuvdan so‘ng terma jamoamiz a’zosi Bobir Abdixoliqov o‘yin haqda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugungi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, rostdan qiyin bahs bo‘ldi. Meksika terma jamoasi jahon chempionatlarida o‘ynagan jamoa. Uchrashuvni yaxshi boshladik, debyut golimni urdim. Juda ham xursandman. 

Ikkala jamoaning ham muxlislari maza qilib tomosha qiladigan futbol bo‘ldi. Jangovor durang bo‘ldi", - dedi "Ordabasi"da harakat qilayotgan legionerimiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ишбобоев жума
13/09/2023 12:14
Балли йигитлар. Жахон чемпионатига чикиб шундай уйнашлар насиб этсин.