Bola hali yosh. 16 yoshli Yamalning EChL o‘yini vaqti qorni og‘rib, hojatxonaga yugurib ketdi

  • 5 oktabr, 2023, 10:31
  • 0
  • Futbol

Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan “Portu” va “Barselona” uchrashuvida kam kuzatilgan holat sodir bo‘ldi.

O‘yinning 71-daqiqasida kataloniyaliklarning eng yosh o‘yinchisi – 16 yoshli  Lamin Yamalning qorni og‘rib qoldi.

Futbolchi o‘yinni tashlab, hojatxonaga ketdi. Biroq, yosh futbolchi u erda uzoq qolib ketdi. Uni maydonga qaytishi qariyb 10 daqiqa kutgan Xavi Ernandes Yamalning o‘rniga Markos Alonsoni o‘yinga tushirib yubordi.

Lamin Yamal debyut qilgan va hech qachon esidan chiqarmaydigan uchrashuvda kataloniyaliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!