"Borussiya" Dortmund "Yuventus" hujumchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 18 iyul, 2019, 12:25
  • 0
  • Futbol

Dortmundning "Borussiya" klubi "Yuventus" hujumchilaridan birini soti olmoqchi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandining e’tibori Mario Manjukich va Moyse Kinga qaratilgan. Ta’kidlash kerakki, Gonsalu Iguain ijaradan qaytib kelgach turinliklarning hujum chizig‘ida futbolchilar soni ortib ketdi. Shu sababli “keksa sinora” ba’zi hujumchilarning xizmatlaridan voz kechishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Manjukich va Kinga shuningdek “Everton” klubi ham qiziqish bildirayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Manjukich o‘tgan mavsum 33ta o‘yinda maydonga tushdi va 11ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Kin esa 17ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 7ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!