Bu darvozabon Buffondan zo‘r chiqib qoldi. Buffon unga tan berdi!

  • 23 dekabr, 2021, 13:06
  • 0
  • Futbol

Italiya chempionatining mintaqaviy ligasida “Geotermina” jamoasi darvozasini qo‘riqlayotgan Jakomo Rossi “quruq seriya” bo‘yicha Janluiji Buffon rekordini yangiladi.

Buffon 2015-2016 yilgi mavsumda “Yuventus” darvozasini 973 daqiqa  daxlsiz saqlagan edi.

Jakomo Rossi esa “Geotermina” safida ketma-ket 11 ta uchrashuvda gol o‘tkazmadi va uning quruq seriyasi 1021 daqiqani tashkil qilmoqda.

- Rekordlar yangilanishi shart. 11 ta uchrashuvda gol o‘tkazmaslik haqiqiy qahramonlikdir. Balli, Jakomo, - dedi Janluiji Buffon 31 yoshli hamkasbini tabriklab.

43 yoshli Buffonning o‘zi mavsumni katta futboldagi ilk jamoasi – “Parma”da o‘tkazmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!