Bu jamoa transferlar orqali superklublar qatoriga qo‘shiladi

  • 12 may, 2023, 22:02
  • 0
  • Futbol

“Aston Villa” joriy mavsumda Evrokubok yo‘llanmalari uchun kurashmoqda. Hozircha bu jamoa chempionat yakunlanishiga uch tur qolganida sakkizinchi o‘rinda bormoqda va nazariy jihatdan xalqaro turnirlarga chiqish imkoniyati bor.

Klub rahbariyatining kelasi mavsumdan umidi katta. Bosh murabbiy Unai Emeri jangovar tarkib shakllantirishi uchun yozda unga 220 million evro miqdorida pul ajratadi.

The Sun nashrining yozigicha, “Aston Villa” xo‘jayinlari sport direktori lavozisiga “Barselona” bilan hamkorlikda ish olib borayotgan taniqli mutaxassis Mateu Alemanini olib keladi.

Emeri va Alemani asosiy transfer nishoni sifatida “Sporting” etakchisi Manuel Ugarteni belgilagan. Bu yarim himoyachini olish uchun “Aston Villa” 60 million evroga yaqin xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, birmingemliklar “Real” yarim himoyachisi Marko Asensioni ham o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha ish olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!