Buffon bosimga dosh berolmadi

  • 30 may, 2021, 22:05
  • 0
  • Futbol

“Yuventus”ning 43 yoshli darvozaboni Janluiji Buffon nega qadrdon klubidan ketishga qaror qilgani sababi haqida gapirdi.

- Dastlabki muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, jamoaning ishtiyoqi yo‘qolib qolishini ko‘rish alamli. Haqiqiy muxlislar qiyin vaziyatda jamoani qoralamasligi kerak. Men “Yuventus”ga ishqibozlik qilsam, men uchun jamoa o‘yinchilari butun mavsum davomida eng zo‘ri hisoblanadi.

“Barselona”ga qarshi bosh murabbiy Andrea Pirlo bilan do‘stligim uchun maydonga tushirilganim haqidagi gap-so‘zlar ham mening asabimni buzdi. Men kimningdir yon bosishiga muhtoj emasman. Menga kimlardir shubha bilan qaray boshlagani “Yuventus”dan ketishimning asosiy sababidir, - dedi Buffon.

Buffon “Yuventus”ga yigirma yil muqaddam “Parma”dan 52,8 million evro evaziga o‘tgan edi. Orada bir mavsum PSJda to‘p surganidan keyin yana Turinga qaytib keldi. Ayni paytda erkin agent sifatida o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!