Buffon Italiya kubogida misli ko‘rilmagan tarixiy rekord sohibi bo‘ldi

  • 20 may, 2021, 10:23
  • 0
  • Futbol

“Yuventus” darvozaboni Janluiji Buffon Italiya kubogida rekord o‘rnatdi.

Shu paytga qadar hech bir italiyalik posbonga mamlakat kubogida 6 marta g‘alaba qozonish nasib etmagan. Bundan tashqari, Buffon Italiya kubogini ilk bor XX asrda, aniqrog‘i 1998/99 yilgi mavsumda “Parma” safida qo‘lga kiritgan. Shu tariqa, Janluiji so‘nggi 3 ta o‘n yillikda ketma-ket Italiya kubogida g‘olib chiqqan tarixdagi ilk darvozabon bo‘ldi.

May oyi boshida Buffon mavsum yakunlangach, “Yuventus”dan ketishini e’lon qildi. Unga “Barselona”dan jiddiy qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar bor.

43 yoshli posbon joriy mavsum A Seriyada 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va ushbu uchrashuvlarning 3 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!