Buffon nega “Barsa” taklifini rad etdi?

  • 10 iyun, 2021, 08:30
  • 0
  • Futbol

“Yuventus”dagi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan Janluiji  Buffon yana bir superklub – “Barselona”dan taklif olgan edi.

Biroq, 43 yoshli futbolchi kataloniyaliklarni “Barselona”ga o‘tmasligi haqida ogohlantirdi. Gap shundaki, “Barselona” bugungi kunda zaxira darvozaboni qidirmoqda va Buffonni aynan ikkinchi raqamli posbon sifatida chorlagan edi.

Janluiji faoliyatining oxirigi yilida ham asosiy  posbon sifatida o‘ynamoqchi va unga mana shu imkoniyatni beradigan jamoa qidirmoqda.

Buffon 2001 yildan beri “Yuventus” sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘shanda u 52,8 million evro evaziga “Parma”dan transfer qilingan edi. Orada bir mavsum PSJda o‘ynaganidan keyin 2019 yilda yana Turinga qaytib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!