Buffon sobiq jamoasiga qaytdi

  • 17 iyun, 2021, 09:43
  • 0
  • Futbol

Italiyalik tajribali darvozabon Janluiji Buffon faoliyatini "Parma"da davom ettiradi.

Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 43 yoshli posbon yangi jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Ta’kidlash kerakki, Buffon bundan 26 yil muqaddam aynan “Parma”da faoliyatini boshlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Buffon “Yuventus”dan ketgan va erkin agent maqomida edi. Ayrim nashrlar uning "Barselona"ga o‘tishi haqida ham xabarlar tarqatdi.

Janluiji 1995-2001 yillarda “Parma” safida o‘ynagan. Ushbu jamoa yangi mavsumda Italiya B Seriyasida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!