Buffon uchun kurashga yana bir klub qo‘shildi

  • 26 may, 2021, 15:32
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon uchun "Benfika" ham kurashga qo‘shildi. Bu haqda A Bola nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, lissabonliklar shu yoz erkin agentga aylanadigan 43 yoshli italiyalik posbon bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bundan avvalroq, Buffonga "Real", "Barselona" va "Montsa" klublaridan ham qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Buffon yakunlangan mavsum "Yuventus" safida jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z darvozasidan 9 ta gol o‘tkazib yubordi.

Janluiji faoliyati davomida "Yuventus"dan tashqari "Parma" va PSJ klublarida ham o‘ynagan. U 1997-2018 yillar davomida Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!