Buffon yana sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

  • 29 may, 2021, 10:12
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon faoliyatini "Parma"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Parma” rahbariyati Jijini ortga qaytarmoqchi. Aytish kerakki, Buffon uchun “Parma” begona emas.  U ushbu jamoa safida 1995-2001 yillarda o‘ynagan.

Bundan avvalroq 43 yoshli italiyalik posbon "keksa sinora"ni tark etishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Buffonning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga etadi.

Joriy mavsum Buffon "Yuve" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va ushbu uchrashuvlarda o‘z darvozasidan jami 9 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!