Bugun shaxmat bo‘yicha jahon chempionati rapid yo‘nalishida g‘oliblar nomi aniqlanadi. 10-tur juftliklari va hamyurtlarimiz o‘rinlari bilan tanishing

Qozog‘istonning Olmaota shahrida FIDE rapid va blits jahon chempionati davom etmoqda. Hozirga qadar rapid yo‘nalishida 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bugun 10-13-turlarda g‘oliblar nomiga oydinlik kiritiladi.

Hamyurtlarimiz ishtirokidagi 9-turda (ayollar uchun 8-tur) quyidagi natijalar qayd etildi:

natija

9-tur (ayollar uchun 8-tur) yakuniga ko‘ra hamyurtlarimiz jamg‘argan ochkolar va o‘rinlari quyidagicha ko‘rinish olgan:

Erkaklar
Nodirbek Abdusattorov - 7 ochko/4-o‘rin;
Nodirbek Yakubboev - 5,5 ochko/30-o‘rin;
Javohir Sindarov - 5 ochko/78-o‘rin;
Shamsiddin Vohidov - 4,5 ochko/88-o‘rin;
Jahongir Vohidov - 4,5 ochko/102-o‘rin;
Muhiddin Madaminov - 4 ochko/116-o‘rin
Muhammadzohid Suyarov - 3,5 ochko/142-o‘rin;
Humoyun Bekmuratov - 3 ochko/162-o‘rin.

Ayollar
Umida Omonova - 4,5 ochko/40-o‘rin;
Nafisa Mo‘minova - 4 ochko/44-o‘rin;
Afruza Hamdamova - 3,5 ochko/65-o‘rin.

10-tur (ayollar uchun 9-tur) juftliklari bilan tanishing:

juftlik

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!