Bugundan "Strandja" turniri start oladi. Ilk kunda 7 nafar bokschimiz jang qiladi!

  • 4 fevral, 14:12
  • 0
  • Boks

Bugundan boshlab Bolgariyaning Sofiya shahrida 75 Xalqaro “Strandja” turniri start oladi.

Musobaqaning ilk kuni doirasidan 7 nafar bokschimiz ringga ko‘tarilishadi. Bugun bahs olib boradigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-54 kg Hujanazar Nortojiev - Bashkim Bajoku (Kosova)

-54 kg Ziyovuddin Alijonov - Billal Bennama (Fransiya)

-60 kg Dilshod Abdumurodov - Ramesh Gorkha (Hindiston)

-60 kg Abdumalik Halokov - Oussama Mordjane (Jazoir)

-67 kg Kamronbek Turg‘unboev - Danilo Lozan (Ukraina)

-71 kg Iqboljon Holdorov - Maksim Molodan (Ukraina)

-80 kg Alohon Abdullaev - Giorgii Gutsaev (Gruziya)

Bahslar Toshkent vaqti bilan 18:00 dan boshlab start oladi. 

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!