"Bunyodkor" himoyachisi "Metallurg"ga o‘tdi

  • 24 dekabr, 2023, 07:38
  • 0
  • Futbol

Bekobodliklar tarkibi tajribali Davron Ergashev bilan kuchayadigan bo‘ldi. To‘rt karra Tojikiston Respublikasi chempioni, OFK Prezident kubogining ikki karra g‘olibi "Bunyodkor"dan "Metallurg"ga o‘tishga qaror qildi.

Faoliyatini "Regar" (Tursunzoda) jamoasida boshlagan Davron Ergashev Tojikistonda "Istiqlol" va "Xo‘jand" jamoalrida o‘ynagan. 2013 yildan legionerga aylangan Davron "Jetisu", "Taraz", "Gabala" jamoalarida to‘p surdi. 2020 yildan esa Davron Ergashev "Bunyodkor"da o‘ynab keldi.

Professional futbolchilik faoliyatida Davron Ergashev 275 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 13 ta gol kiritgan. 45 ta sariq kartochka ishlagan.

2008 yildan Tojikiston terma jamoasiga jalb etilmoqda. Milliy terma jamoa tarkibida 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!