"Bunyodkor" mashg‘ulotlarga kirishdi. Tarkibda kimlar bor?

  • 21 dekabr, 2023, 14:46
  • 0
  • Futbol

Bugun "Bunyodkor" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, yangi bosh murabbiy va uning shtabi tasdiqlanganiga qadar mashg‘ulotlarni Anvar G‘ofurov va Abduhamid Qodirov o‘tkazib turadi. Darvozabonlar bilan Alfred Sharipov ishlaydi. Bugungi mashg‘ulotlarda 26 nafar futbolchi ishtirok etdi. O‘yinchilarning deyarli barchasi «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.

Ular - Sarvar Karimov, Muhammad Yusuf Sobirov, Islom Asrolov, Jasur Umrzoqov, Ilhom Ubaydullaev, Ikrom Erkinov, Farhod O‘tkirov, Muzaffar Olimjonov, Abdufattoh Foziljonov, Abdulloh Omonaliev, Shoa’zam Yusupov, Mahmud Mahamadjonov, Aziz To‘lqinbekov, Suhrob Izzatov, Ollobergan Karimov, Rasul Yo‘ldoshev, Bilol Tupliev, Jasur Hikmatullaev, Umid Sultonov, Orzu Turg‘unov, Andrey Gulyamov, Jasur Hakimov, Amir Saidov, Rustam Azimov, Shohruh Abdurahmonov, Akbar Ismatullaev.

Mashg‘ulotlar 28 dekabrda yakuniga etadi. So‘ng futbolchilar kichik ta’tilga chiqadi. Yanvar oyining ilk kunlaridan mashg‘ulotlar kuchaytirilgan tartibda davom ettiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!