"CAFA U-19 Championship 2022". Bugun O‘zbekiston Eron bilan o‘ynaydi

  • 5 avgust, 2022, 14:41
  • 0
  • Futbol

Bugun Tojikistonning Dushanbe shahri mezbonlik qilayotgan "CAFA U-19 Championship 2022" turnirida birinchi tur o‘yinlariga start beriladi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 terma jamoasi ilk bellashuvda eronlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz ikkinchi turni ertaga o‘tkazadi. 21:00 da boshlanadigan bahsda hamyurtlarimiz mezbon Tojikiston terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

щzberon

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!