"CAFA U-19 Championship 2022". Vakillarimiz Eronga qarshi o‘yinda tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi

  • 5 avgust, 2022, 20:16
  • 0
  • Futbol

19 yoshgacha  bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida "CAFA U-19 Championship 2022" turniridan o‘rin olgan O‘zbekiston - Eron uchrashuvi yakuniga etdi. Unda jamoalar jangovor 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Hamyurtlarimizdan gollarga Sherzod Esanov va Shaxriyor Jabborov mualliflik qildi. Eronliklar tarkibida ikki gol Amir Hazbavi va Amir Ibrohimzoda hisobiga qayd etildi. 

Eslatib o‘tamiz, vakillarimiz ikkinchi turni ertaga o‘tkazadi. 21:00 da boshlanadigan bahsda hamyurtlarimiz mezbon Tojikiston terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!