“Chelsi”, “Arsenal” va “Siti”dan dars olgan futbolchi rosa talash bo‘lyapti

“Kristal Pelas”da o‘ynayotgan hujumkor futbolchi Maykl Olise grand-klublarda to‘p tepish darajasiga etdi.

22 yoshli futbolchi ilgari “Chelsi”, “Arsenal” va “Manchester Siti” akademiyalarida tahsil olgan. Biroq professional futbolchilik faoliyatini anchagina kamtar bo‘lgan “Reding”da boshlagan.

Olise 2021 yili “Kristal Pelas” bilan besh yillik shartnoma tuzdi. Bu jamoada jami 85 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 35 marotaba ishg‘ol qildi.

TEAMtalk nashrining yozishicha, “Chelsi” o‘zi tarbiyalagan futbolchini jamoaga qaytarish uchun “Manchester Yunayted” bilan raqobatlashishga tayyor. Olisening transfer summasi esa, 65 million funtni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!