"Chelsi" va "Arsenal" kurashayotgan futbolchiga "Liverpul" qiziqmoqda

  • 3 aprel, 2023, 23:30
  • 0
  • Futbol

"Liveprul" yozgi transferlar oynasida bir qancha xaridlarni amalga oshirmoqchi. Klub asosan yarim himoyani kuchaytirishga harakat qiladi.

"Times Sport" nashri berayotgan xabarlarga ko‘ra, mersisaydliklar "Sautgempton" futbolchisi Romeo Laviyani o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Mazkur transfer uchun jamoa "Arsenal" va "Chelsi" bilan kurash olib boradi. 

Laviya sobiq "Manchester Siti" o‘yinchisi hisoblanadi. Mavsum boshida u "shaharliklar" tarkibini tark etdi, lekin  Manchester klubi futbolchini 2024 yilda qayta sotib olishi ham mumkin. Shu sababli, "Sautgempton" yarim himoyachini yozda sotib yuborishga rozi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!