"Chelsi" yana bir marotaba urinib ko‘rmoqchi

  • 4 iyul, 2020, 02:43
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" rahbariyati va qanot yarim himoyachisi Villian shartnomani uzaytirish ettirish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborishdi.

Goal.com nashriga ko‘ra, londonliklar o‘z qarashlaridan voz kechishmoqchi emas, shuning uchun klub 31 yoshli futbolchiga ikki mavsumdan ko‘p bo‘lmagan shartnoma taklif qilmoqchi.

Joriy mavsum yakunida erkin agent maqomini oladigan Villianning o‘zi ham "Chelsi" bilan kelishuvni uzaytirishga qarshi emas, biroq xavbek klub bilan kamida uch yillik shartnoma imzolashni xohlamoqda.

Villian "Chelsi" safida 2013-yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Bu vaqt mobaynida xavbek 333 ta o‘yinda maydonga tushib, 62 gol va 60 ta golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!