"Chelsi"dan ketishini e’lon qilgan Villian qaysi jamoaga o‘tadi?

  • 6 aprel, 2020, 20:28
  • 0
  • Futbol

Yozda "Chelsi"dan ketishini e’lon qilgan Villian faoliyatini qaerda davom ettirishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli braziliyalik futbolchiga “Barselona” va PSJdan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Uning o‘zi ham Evropada qolishni istamoqda.

Villian joriy mavsum “Chelsi” safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!