“Chelsi”ni faqat shu odam qutqara oladi

“Chelsi” rahbariyati bir necha mavsumdan beri katta xarajatlar evaziga tarkibini kuchaytirishga urinayotgan bo‘lsa-da, natijalar umuman o‘nglanmayapti. Keyingi yillarda kelgan murabbiylar ham o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Katta umidlar bilan taklif qilingan Maurisio Pochettino ham jamoani oyoqqa qo‘yishni uddalay olmadi.

Yulduzli davrlarini “Chelsi”da o‘tkazgan sobiq futbolchi Floran Maluda jamoani faqat bir kishi qutqara olishini ta’kidladi.

Men “Chelsi”ga qayg‘uryapman. Klub bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatlashda bardavom bo‘lishi kerak. Maurisio Pochettinoga ishonaman. Argentinalik mutaxassis joyida qolish kerak. Agar klub xo‘jayinlari bosh murabbiyni o‘zgartiradigan bo‘lsa, faqat Joze Mourinoga  suyanish mumkin. Bu jamoani qutqara oladigan yagona murabbiy, - dedi Floran Maluda.

Joze Mourino “Chelsi” ikki marotaba – 2004-2007 va 2013-2015 yillar davomida boshqarib, Angliya Premer ligasida uch marotaba g‘olib bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!