"Chelsi"ni sotib olishga yana bir da’vogar chiqdi. U osiyolik

  • 9 mart, 2022, 10:53
  • 0
  • Futbol

"Sakramento Kingz" basketbol klubi xo‘jayini Vivek Ranadive "Chelsi"ni sotib olish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Sportico nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, hindistonlik tadbirkor ayni damda ingliz klubiga taklif tayyorlamoqda. Oldinroq "Chelsi" xo‘jayini Roman Abramovich klub uchun taxminan to‘rt milliard evro olmoqchi ekani xabar qilingan edi.

Ranadivening sof boyligi 700 million dollardan oshadi. U 2013 yilda bir guruh investorlar bilan birga "Sakramento Kingz" klubini sotib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!