"Chelsi"ni yozda 10 ta futbolchi tark etishi mumkin: Kante va Alonso ro‘yxatga kiritildi

  • 3 avgust, 2020, 21:29
  • 0
  • Futbol

"Chelsi"ni kadrlar almashinuvi kutib turibdi, deya xabar bermoqda The Times nashri.

London klubini 10 ta futbolchi tark etishi mumkin, deyiladi manbada. Darvozabon Kepa Arrisabalaga ijaraga yuborilishi kutilmoqda. Kurt Zuma, Andreas Kristensen, Emerson va Markos Alonso esa transferga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, mavsumning katta qismini jarohat bois o‘tkazib yuborayotgan Ngolo Kante ham sotib yuborilishi mumkin.

Shuningdek, shartnomasi keyingi yil yakuniga etadigan Mishi Batshuayi ham joriy transfer oynasida jamoani tark etishi kerak.

Yaqin vaqtlar ichida esa Villian erkin agent sifatida klubini o‘zgartirishi kutilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!