Daniya - Angliya uchrashuvida kim favorit?

  • 7 iyul, 2021, 19:11
  • 0
  • Futbol

Daniya terma jamoasi va "Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel bugun bo‘lib o‘tadigan Daniya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Rostini aytganda, bu uchrashuvda Daniya favorit deb o‘ylayman.

O‘yin juda kuchli o‘tadi deb o‘ylayman. Ikkala jamoaning murabbiylari va ularning yondashuvlari juda o‘xshash. Ular futbolchilar bilan o‘xshash uslubda ishlaydi va ularga ma’lum uslubni singdiradi. Ham Angliya, ham Daniya qanotlarida lahzalarni yaratadigan ijodiy o‘yinchilar bor.

Britaniyalik jurnalistlar yozganiga qaramay, jamoalarning kuchli tomonlari teng ekanligiga ishonaman”, - dedi Shmeyxel.

Peterning o‘g‘li Kasper Shmeyxel ayni damda Daniya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!