De Bryuyne APL tarixidagi eng yaxshi 10 ta assist qatoriga kirdi

  • 27 fevral, 2021, 21:07
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne bugun bo‘lib o‘tgan "Vest Xem"ga (2:1) qarshi o‘yinda golli uzatmaga mualliflik qildi.

APL rasmiy saytining ma’lum qilishicha, belgiyalik futbolchining ushbu ligadagi assistentlari soni 77 taga etgan va u musobaqa tarixidagi eng yaxshi 10 ta assist qatoriga kirgan.

Bu borada kuchli uchlikdan Rayan Giggz ("MYu", 162 ta assist), Fransesk Fabregas ("Arsenal" / "Chelsi", 111) va Ueyn Runi ("MYu", 103) joy olgan.

De Bryuyne joriy mavsum premer-ligada 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!