De Xeada uchta variant bor

  • 8 sentabr, 2023, 15:15
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted"dan ketganidan so‘ng erkin agent bo‘lgan ispaniyalik darvozabon David de Xea yangi jamoa izlashda davom etmoqda.

"Goal" nashrining yozishicha, ispaniyalik darvozabon Evropadan tashqari chempionatlardan biriga borishi mumkin. 32 yoshli futbolchida faoliyatini BAA, Meksika va Qatarda davom ettirish imkoniyatlari bor.

David 2011 yildan 2023 yilgacha "Manchester Yunayted"da o‘ynagan. 2022/2023 yilgi mavsum yakunida ispaniyalikning “qizil iblislar” bilan shartnomasi yakuniga etdi.

O‘tgan mavsumda darvozabon 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!