Den Xuker Volkanovskiga ajoyib maslahat berdi

  • 28 fevral, 13:33
  • 0
  • MMA

Yangi Zenlandiyalik UFC jangchisi Den Xuker o‘zining do‘sti va yarim engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Aleksandr Volkanovskiga MMA dan biroz vaqtga tanaffus qilishini maslahat berdi.

"Aleks qilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi narsa - umuman hech narsa haqida o‘ylamslik. U Ilya Topuriyani mag‘lub eta oladimi? Albatta, ha. U Islom Maxachevni mag‘lub eta oladimi? Ha, buni ham qila olishi mumkin. Lekin hech narsa abadiy davom etmaydi. Bu sport - eng zo‘r jangchi har doim ham g‘alaba qozona olmaydi. Shu bois, hozir Aleksga tanaffus juda muhim. U kamida 8-12 oy dam olishi kerak", - dedi Xuker Middle Easy ga.

Ma’lumot uchun, Volkanovski "UFC 298" turnirida Iliya Topuriyaga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!