Denni Garsiya: "Men Lomachenkoning g‘alaba qozonishini tasavvur qila olmayapman"

  • 25 aprel, 2023, 19:29
  • 0
  • Boks

Denni Garsiya (37-2,21 KO) Devin Xeynini (29-0,15KO) Vasiliy Lomachenkoga (17-2,11KO) qarshi jangda favorit deb bilishini, ammo ukrainalik faxriy bokschiga qarshi qiyin jang o‘tkazishini taxmin qildi.

"Menimcha, bu qiziqarli jang. Agar kimnidir tanlashga to‘g‘ri kelsa, men Xeynini aytgan bo‘lardim. Chunki u yaxshi zarbaga ega,  yoshroq va kuchliroq. Lekin Lomachenko oxirigacha jang qiladi. Shuning uchun menimcha, bu yaxshi jang bo‘ladi. Biroq, men Lomaning g‘alabasini tasavvur qila olmayapman, men yoshroq jangchini afzal ko‘raman",-dedi Garsiya.

Eslatib o‘tamiz, Vasiliy Lomachenko va Devin Xeyni 20 may kuni engil vazn(61,2 kg) toifasida mutloq jahon chempionligi uchun jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!