Denni Garsiya: Pakkyao afsona, ammo men afsonalarni "o‘ldiraman"

  • 8 yanvar, 2020, 17:53
  • 0
  • Boks

Ikki divizionning sobiq jahon chempioni Denni Garsiya WBAning yarimo‘rta vazndagi chempioni Menni Pakkyaoga qarshi jang qilishga tayyorligini bildirdi.

"Menni Pakkyao afsona! Men uni hurmat qilaman! Biroq, Denni Garsiya afsonalarni "o‘ldiradi."

Hozirgi kunda, Turmanga nisbatan men yaxshiroqman va Turmanga qaraganda zarbam aniqroq, yaxshiroq," - dedi Garsiya.

Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni Nyu-Yorkda Garsiya Ivan Redkachga qarshi ringga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!