Dibalaga “Roma” bo‘yicha maslahat

  • 21 iyul, 2022, 22:27
  • 0
  • Futbol

“Barselona” yarim himoyachisi Miralem Pyanich “Roma”ga ko‘chib o‘tgan argentinalik hujumchi Paulo Dibalaga murojaat qildi.

Bosniyalik pleymeyker “Yuventus”da Dibala bilan birga o‘ynagan.

- Zo‘r o‘yinchi zo‘r klubni tanladi. Birodarim, “Roma” senga yoqib qoladi, - dedi Miralem Pyanich.

“Roma” Pyanichga begona emas. Tajribali pleymeyker 2011-2016 yillar davomida Rim klubi sharafini himoya qilgan. “Yuventus” uni “Roma”dan 32 million evroga xarid qilgan.

Pyanich 2020 yili “Barselona” safiga qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!