Diego Kosta Masharipov bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin edi

  • 19 dekabr, 2021, 18:52
  • 0
  • Futbol

"Atletiko Mineyro" hujumchisi Diego Kosta Saudiya Arabistoni klubidan tushgan taklifni rad etdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, braziliyalik futbolchini "Al-Nassr" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan. Riyodliklar Kostaga 2 yillik shartnoma taklif qilgan. Biroq forvard pul uchun Braziliya klubini tark etishni xohlamagan. 

Eslatib o‘tamiz, "Al-Nassr" safida legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!