Diego Kosta mavsumni APL grandida davom ettirishi mumkin

  • 16 yanvar, 2022, 09:30
  • 0
  • Futbol

Ispaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Diego Kosta "Arsenal"ning jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi. Bu haqda Goal.com nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "kanonirlar" rahbariyati davralar oralig‘ida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha izlanishlar olib bormoqda va bu borada ularning e’tibori aynan 33 yoshli Kostaga tushgan.

Londonliklar "Atletiko Mineyro" bilan shartnomasini bekor qilgan va ayni damda erkin agent bo‘lib turgan Diego bilan aloqaga chiqishgan.

Kosta masalasida "Arsenal"ga Ispaniyaning "Elche" va "Kadis" klublari raqobat ko‘rsatishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!