Dilshod Nuraliev: Andijonda hujumkor va xavfli vaziyatlarga boy o‘yin bo‘ladi

  • 9 sentabr, 2020, 20:30
  • 0
  • Futbol

Qisqa muddat “Lokomotiv” jamoasiga bosh murabbiylik qilgan Dilshod Nuraliev yana ushbu klubning U-21 tarkibini boshqarmoqda. Ular esa, bugun “Andijon” yoshlarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘z o‘rnida Dilshod Nuraliev asosiy jamoalar o‘rtasida kechadigan uchrashuv oldidan o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Albatta, “Lokomotiv”dan g‘alaba kutamiz. O‘zingiz ham ko‘rdingiz, jamoada o‘zgarishlar bo‘ldi. Bosh murabbiy va yordamchi murabbiy futbolchilarni o‘yinga yaxshi tayyorlashyapti. Mana, bugun o‘rinbosarlar jamoamiz g‘alaba qozondi. Endi buning davomiyligi sifatida asosiy jamoamizning ham uch ochkoni qo‘lga kiritishiga umid bildiramiz. Hozir hamma izlanishda. Yigitlar ruhiy tomondan ham ancha o‘ziga kelishdi. Asosiysi, ruhiy qiyinchilikdan qutilishyapti.

“Andijon” jamoasida ham o‘zgarishlar bo‘ldi. Bilamiz, ularga ham g‘alaba suv va havodek zarur. To‘g‘risi, ochiq futbolni ko‘ramiz, deb o‘ylayman. Ayniqsa, hujumkor va xavfli vaziyatlarga boy o‘yin bo‘ladi. Chunki g‘alaba ikkala jamoaga ham kerak. Kimda g‘alabaga ishtiyoqi kuchli va tajribaliroq bo‘lsa, o‘sha jamoa yutadi, - dedi Nuraliev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!