"Dinamo" "Navbahor"dan ijraga futbolchi oldi

  • 20 iyul, 2019, 15:17
  • 2
  • Futbol

Superliga ikkinchi davrasiga Chimyon tog‘li hududida tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi o‘z tarkibini yanada kuchaytirishga intilmoqda.

Birinchi davrani “Navbahor” jamoasi safida o‘tkazgan hujumchi Bahodir Nasimov “Dinamo” klubiga qaytdi. 32 yoshli forvard shartnomani uzaytirish huquqi bilan “Navbahor”dan ijaraga olindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand futboli tarbiyalanuvchisi bo‘lmish Bahodir Nasimov 2009 yilda 22 yoshida “Dinamo”dan Rossiyaning “Rubin” klubi safiga o‘tgan edi. Oradan 10 yil o‘tib, Rossiya Premer-Ligasi, Ozarbayjon, Eron, Janubiy Koreya chempionatlarida to‘p surib, shuningdek “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Navbahor” klublarida ham faoliyat ko‘rsatdi va kuni kecha “Dinamo” klubi bilan kelishuvga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Фан
20/07/2019 16:45
Б. Насимовга ва клубига ОМАД.
Бу хабар хам бошка сайтларда уз тасдигини топса албатта ишонамиз.
&
Daler @FUTBOL13
20/07/2019 15:41
Bahodir Nasimovga omad samarqanda

Navbahorga yam liganerlani oblelamizamii bizam afrikaladn obkeylik senegaladan nma kami bor navbahorni bowqa jamoalardan
&
Ilxomjon
20/07/2019 16:23
Navbahorni bu yilgi legonerlari xozirgi kunda O'zbekiston chempionatida eng kuchligi va Navbahor legonerlar limitidan faqat Osiyo qitasidan o'yinchi qo'shib olishi mumkin xolos