Dmitriy Bivol va Kanelo Alvares o‘rtasidagi jang Dubayda bo‘lib o‘tishi mumkin

  • 1 mart, 2022, 11:59
  • 0
  • Boks

 

Rossiyalik bokschi, yarim og‘ir vazn toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivol 7 may kuni meksikalik super o‘rta vaznda mutlaq jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvaresga qarshi jang o‘tkazishi belgilangan. ESPN KNOCKOUT xabar berishicha, mazkur bahsni Dubay shahrida o‘tkazish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda.

Qayd etilishicha, dunyodagi eng ko‘p daromad keltiruvchi bokschilardan biri Kanelo Alvares jahon professional boks yulduzi maqomini mustahkamlash uchun AQShdan tashqarida ham jang o‘tkazish istagi borligini allaqachon ma’lum qilgan.

Ushbu jang o‘tgan hafta Alvaresning promouter Eddi Xirn va DAZN striming xizmati bilan tuzilgan yangi shartnoma doirasida e’lon qilingan edi. Kelishuvga ko‘ra, Alvares sentyabr oyida Gennadiy Golovkin bilan trilogiyada ringga ko‘tarilishi mumkin. Unga qadar esa Alvares Bivolni, Golovkin Ryota Muratani mag‘lub etishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!