Dragan Cheran Xyuistraning ketishiga qanday munosabat bildirdi? Murabbiy o‘zgarishi uni klubdagi rejalariga ta’sir qiladimi?

  • 8 yanvar, 2022, 07:21
  • 1
  • Futbol

“Paxtakor” klubida bosh murabbiy o‘zgarayotgani hech kimni befarq qoldirmasligi aniq. “Sherlar”ga ustozlik qilgan niderlandiyalik Piter Xyuistraning yurtimizdagi faoliyati yakun topdi. Klub esa endi yangi mutaxassis bilan hamkorlik qiladi.

Qolaversa, tarkibda ham o‘zgarishlar sodir bo‘layotganidan xabardorsiz. O‘zbekiston chempionatida uch mavsumdan beri eng yaxshi to‘purarlikni o‘zida saqlab kelayotgan Dragan Cheran joriy yilni ham yana “Paxtakor”da o‘tkazadi, chunki oldin ma’lum qilganimizdek uning yana bir yilga mo‘ljallangan shartnomasi bor.

Piter Xyuistra jamoadan ketgani yuzasidan serbiyalik hujumchining bu boradagi munosabatini bilish bizga qiziq tuyuldi.

- Dragan, Piter Xyuistra “Paxtakor”ni tark etganini endi bilasiz. Uning ketishini kimdan eshitdingiz?

- Piter Xyuistraning klubdan ketganini men gazetalar orqali bildim. Shundan keyin u klubdagi barcha bilan o‘zimizning umumiy guruhimiz orqali xayrlashdi.

dragan4

- U siz uchun qanday murabbiy edi?

- Aytishim mumkinki, u a’lo darajadagi inson va shu bilan birga yaxshi murabbiy sanaladi. Xyuistra klubga qandaydir yangilik olib kira oldi, ya’ni, evropacha mentalitetni. Uning klub uchun qilgan mehnatlaridan minnatdormiz. Afsuski, O‘zbekiston Kubogidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan holda jamoa bilan xayrlasha olmadi. O‘shanda bu haqiqiy xayrlashish bo‘lgan bo‘lardi.

- Biz Piter Xyuistrani yumshoq murabbiy deb ham eshitganmiz. Bu rostmidi?

- Mutaxassis Superkubok va chempionatni yutdi. Bilasizmi, agarda Xyuistra qattiqqo‘l bo‘lmaganida mazkur muvaffaqiyatlarga erisha olmagan bo‘lardi.

dragan1

- To‘g‘risini ayting, Piterning “Paxtakor”dan ketishini bilarmidingiz?

- Yo‘q, uni klubda qoladi, deb o‘ylayotgandim.

- Nima deb o‘ylaysiz, “Paxtakor”ning yangi bosh murabbiyi kim?

- Bilmadim, buni yig‘in boshlanganida bilib olamiz.

dragan5

- U holda ayting-chi, jamoangizga aynan qanday mutaxassis zarur deb hisoblaysiz?

- Katta tajriba, aniq maqsadlar va hujumkor tizim bilan ishlaydigan murabbiy deb aytgan bo‘lardim.

- Murabbiy o‘zgarishi “Paxtakor”dagi rejalaringizga ta’sir ko‘rsatmaydimi?

- Yo‘q, amaldagi shartnomam yana bir yilga belgilangan. Albatta, yangi murabbiy bilan ishlash - bu qiziq tuyulishi turgan gap.

dragan2

- Xabaringiz bor, Anzur Ismoilov bilan Egor Krimets klubni tark etishdi. Sizningcha, bu “Paxtakor” uchun jiddiy yo‘qotishmi?

- Ha, bu katta muammo bo‘ladi. Ular ajoyib darajadagi yigitlar va o‘yinchilar. Shubhasiz, mazkur futbolchilarning jamoamizda emasligi bilinadi, ya’ni, endi bizga etishmaydi.

- Umuman olganda, “Paxtakor”ga xorijlik murabbiy kerakmi yoki mahalliymi?

- Qaerdan kelmasin nima bo‘lganda ham bizga yaxshi murabbiy zarur. Shunchaki, zo‘r mutaxassis bo‘lishi kerak.

dragan3

- Samvel Babayan sizni “Navbahor”ga taklif qilgani rostmi?

- Takliflar bo‘ldi. Lekin ular “Paxtakor” bilan amaldagi shartnomam borligini tushunib turishgandi. Shuning uchun klubim, amaldagi shartnoma hamda men bilan hamkorlik qilishi qiyin ekanini tushunishdi.

- Dragan, ayting-chi, “Paxtakor”ga yangi hujumchi zarurmi yoki...

- Agar klubda sovrinlar uchun kurashish maqsadi qo‘yilsa, u holda yaxshi himoyachi va hujumchini tarkibga qo‘shib olish kerak.

- “Paxtakor”ga qachon qo‘shilasiz?

- Bir haftadan keyin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
08/01/2022 11:15
Жаноб Питер кетса нима булибди ман осмон узилиб ерга тушибдими деб уйлабман эртага яна бир аклли келиб Узбекни пулини сочиб емириб кетаверадида бизни халкимиз урганиб колганку хеч кимга керакмас тренерларни олиб келишларига келади-кетади Узбек футболи котиб тураверади кетиши олдидан тантаналар уюштирмабсизларда эсиз