Duglas Kosta faoliyatini qaerda davom ettirishi aniq bo‘ldi

  • 4 noyabr, 2023, 06:20
  • 0
  • Futbol

Yaqindagina "La Gelaksi"ni tark etgan Duglas Kosta o‘ziga yangi jamoa izlamoqda. U ayni paytda Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi. 

Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, Saudiyaning 3 ta klubi vinger bilan muzokaralar olib boryapti. U katta ehtimol bilan faoliyatini shu erda davom ettiradi. Kosta "Yuventus"ni qaytishni ham istaydi, lekin turinliklar bu transfer ustida ishlayotgani yo‘q. 

Ma’lumot uchun, Duglas 2022 yili yozda "Yuventus"ni erkin agent sifatida tark etib, AQSh klubiga qo‘shilgandi. Futbolchi faoliyati davomida "Bavariya"da ham o‘ynagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!