Dzyudo. Bobonov hamon peshqadam, Abe Keldiyorovadan o‘tib ketdi

  • 8 dekabr, 2022, 00:17
  • 0
  • Dzyudo

Tokio “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng Xalqaro dzyudo federatsiyasi sportchilarning yangilangan reyting jadvalini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Unda hamon Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida etakchilik qilmoqda. Biroq -52 kg vaznda peshqadam bo‘lgan Diyora Keldiyorova ikkinchi pog‘onaga tushdi. O‘z yurtida o‘tgan musobaqada ushbu vaznda g‘alaba qozongan Olimpiada chempioni Uta Abe hamyurtimizdan o‘tib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Batafsil:

-60 kg:
1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) – 6155 ochko
27. Dilshodbek Baratov – 1585

-66 kg:
1. Denis Vieru (Moldova) – 6934 ochko
14. Sardor Nurullaev – 2144
25. Muhriddin Tilovov – 1316

-73 kg:
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 6527 ochko
8. Murodjon Yo‘ldoshev – 2781
14. Obidxon No‘’monov – 2160
24. Shahram Ahadov – 1660
31. Hikmatilloh To‘raev – 1496

-81 kg:
1. Tato Grigalashvili (Gruziya) – 7496 ochko
5. Sharofiddin Boltaboev – 3725

-90 kg:
1. Davlat Bobonov – 5650 ochko
2. Beka Gviniashvili (Gruziya) – 4945

-100 kg:
1. Mixael Korrel (Niderlandiya) – 5217 ochko
9. Muzaffarbek To‘raboev – 3310
28. Otabek To‘raboev – 1332

+100 kg:
1. Temur Rahimov (Tojikiston) – 5254 ochko
8. Alisher Yusupov – 3301
20. Shohruh Baxtiyorov – 2110
39. Bekmurod Oltiboev – 926

Ayollar:
-52 kg:
1. Uta Abe (Yaponiya) – 5800 ochko
2. Diyora Keldiyorova (O‘zbekiston) – 5750
30. Sita Qadamboeva – 1087

-70 kg:
1. Sanne van Diyke (Niderlandiya) – 6424 ochko
16. Gulnoza Matniyazova – 2826

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!