Dzyudo. Isroildagi Masters turnirida ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi e’lon qilindi

  • 11 dekabr, 2022, 23:14
  • 0
  • Dzyudo

20-22 dekabr kunlari Isroilning Quddus (Ierusalim) shahrida dzyudo bo‘yicha Masters turniri bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati ushbu turnirda ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibini e’lon qildi. Ung ko‘ra, dzyudo olamidagi yilning yakuniy turnirida 17 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Masters nufuzi jihatidan jahon chempionatidan keyingi pog‘onada turuvchi musobaqa hisoblanadi. Unda jahon reytingida 36 talikdan joy olgan sportchilargina ishtirok etishi mumkin. Turnirda o‘z vazn toifasida g‘olib bo‘lgan sportchi hisobini jahon reytingi uchun 1800, Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida esa 900 ochkoga boyitib oladi.

Ilias Iliadis boshchiligidagi jamoa ayni paytda Tokioda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida bo‘lib turibdi. Hamyurtlarimiz 16 dekabr kuni Yaponiyadan Isroilga yo‘l olishadi. Tarkib bilan tanishing:

Erkaklar: Dilshodbek Baratov (-60 kg); Sardor Nurillaev va Muhriddin Tilovov (-66 kg); Shahram Ahadov, Obidxon No‘’monov, Murodjon Yo‘ldoshev va Hikmatilloh To‘raev (-73 kg); Sharofiddin Boltaboev (-81 kg); Davlat Bobonov (-90 kg); Muzaffarbek To‘raboev hamda Otabek To‘raboev (-100 kg); Alisher Yusupov va Shohruh Baxtiyorov (+100 kg).

Ayollar: Sida Qadamboeva va Diyora Keldiyorova (-52 kg); Gulnoza Matniyazova va Shohista Nazarova (-70 kg).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!